Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/05/2023
Chop etish
Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari Baxmal tumanida bo‘lib qaytishdi.

Fakultet professor-o‘qituvchilari hamda universitet psixologi hamkorligida Baxmal tumani “O‘rmonchi” mahallasidagi maktablar hamda mahalla yoshlari bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Bunda sportning kurash, shaxmat, stol tennisi turlari hamda zakovat bellashuvlari tashkil etildi. Ustozlar tadbirlar davomida mahalla ahli hamda maktab o‘quvchilariga Baxmal tumani tarixi, mashhur ziyoratgohlari, tumanning nafaqat viloyatimiz balki Respublikamizda tutgan o‘rni, Universitetimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida ko‘plab maʼlumotlar berishdi. Universitet psixologi tomonidan o‘tkazilgan psixologik treninglar ishtirokchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.Baxmal tumaniga tashrif ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan yoshlar uchun “Mehr ulashib” loyihasi  bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 038
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.