Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/05/2026
Chop etish
Turkiyaning Ordu universitet bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida Ordu University rektori professor Orhan BAŞ boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Unda akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar hamda Erasmus+ va xalqaro grantlar doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shuningdek, mehmonlar universitetning o‘quv laboratoriyalari, axborot-resurs markazi va sport majmualari faoliyati bilan tanishib, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.


Ulashish:
410
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.