Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2023
Chop etish
Uch avlod uchrashuvi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, professor Faniya Axmedshina, magistrlar hamda talaba yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Uch avlod uchrashuvi” nom ostida tashkil etilgan tadbirda universitetning Magitsratura bo‘limi magistr talabalari va profesor-o‘qituvchilar, hamda bakalavriat yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuv profesor  tarixshunos olima Faniya Ahmedshinaning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq videolavhalar bilan boshlandi.

 

Konsert dasturlari hamda ustozlarning xotiralari bilan davom etgan uchrashuvda talaba yoshlar hamda magistrlar tomonidan savollar berildi. Uchrashuv qahramoni savollar orqali, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt haqidagi taassurotlari, 50 yillik tinimsiz mehnat natijasida o‘rganilgan qimmatli maʼlumotlarni so‘zlab berdi. Bo‘lajak olimlarga asqotadigan qimmatli maslahatlarini aytib o‘tdi.Uchrashuvga talaba yoshlar hamda magistrlar tomonidan tayyorlab kelingan badiiy qism yakun yasadi.

 


Ulashish:
756
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.