Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/02/2024
Chop etish
Universitet rektori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiya sohiblariga stipendiantlik guvohnomalarini topshirdi

– Yoshlar uchun mamlakatimizda har jabhada ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bugun mana shunday imtiyozlardan unumli foydalangan talabalarimiz bilan uchrashib turibmiz. Men istardimki, stipendiya sohiblari faqat ushbu yutuqlari bilan cheklanib qolmaydi. Ular kelajakda iqtidorini boshqa jabhalarda ham namoyon etadi hamda o’zining ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada jadallashtirib universitetimiz bilan faoliyatini bog’laydilar.

Universitet rektori, professor Shavkat Sharipov Prezident hamda nomli davlat stipendiya sohiblariga guvohnomalarini topshirish marosimida ushbu so’zlarini aytib o’tdi. Uchrashuvda professor yoshlar uchun ezgu tilaklarini bildirib kelajakdagi tadqiqot ishlarida omad tiladi.

Tadbirda stipendiantlar o’zining ilmiy-ijodiy izlanishlar hamda stipendiantlikgacha bo’lgan xotiralari bilan o’rtoqlashdi.


Ulashish:
1 079
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.