Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/05/2023
Chop etish
Universitetida 2022-2023 o‘quv yili uchun bahorgi semestr yakuniy nazoratlari o‘tkazilmoqda

Universitet taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan amaldagi o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan fanlardan yakuniy nazoratlar joriy yilning 20-mayidan boshlab 1 oy muddatda masʼullar tarkibi asosida, belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.Yakuniy nazoratlarni samarali tashkil qilish maqsadida universitetning “Registrator ofisi” xodimlari tomonidan fakultetlarga masʼullar biriktirilgan. Universitetda yozma va og‘zaki shakldagi yakuniy nazoratlarning shaffof va adolatli o‘tkazilishi taʼminlansin maqsadida barcha choralar ko‘rilgan. Ushbu jarayonlar “Registrator ofisi” xodimlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.


Ulashish:
1 114
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.