Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2025
Chop etish
“VSO” xalqaro tashkiloti delegatsiyasi bilan JDPUda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “VSO” xalqaro tashkiloti delegatsiyasi va USAID vakili bilan muhim uchrashuv tashkil etildi.

Tashrifdan asosiy maqsad — ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va o‘qituvchilar salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

 

Uchrashuvda “VSO” tashkilotining global ta’lim bo‘yicha mutaxassisi Purna Kumar Shrestha, «VSO» tashkilotining hududiy vakili Zuhra Saliyeva hamda oliygoh rektori Maqsudjon Yuldashev va mas’ul vakillar ishtirok etishdi.

Uchrashuv kun tartibida VSOning xalqaro va mahalliy volontyorlarini ta’lim muassasasiga ingliz tili, STEM, maxsus pedagogika va raqamli savodxonlik yo‘nalishlariga jalb etish imkoniyatlari, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim o‘qituvchilari uchun qo‘shma malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish universitetga qarashli maktablarda inklyuziv ta’lim bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilindi:

Uchrashuvning amaliy qismi sifatida mehmonlar universitetining asosiy binosi bilan tanishdilar. Delegatsiya a’zolari universitet tuzilmasi qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, universitet tarixi, ilmiy-o‘quv salohiyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

 

Uchrashuv ikki tomonlama samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, kelgusida qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.


Ulashish:
1 066
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.