Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2026
Chop etish
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida gandbol musobaqalariga start berildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda.

Ilgari basketbol bo‘yicha o‘yinlar o‘tkazilgan bo‘lsa, ayni damda sportning gandbol turi bo‘yicha fakultetlararo bosqich bellashuvlari tashkil etilmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida universitet rektori Maksudjan Yuldashev hamda rahbariyat vakillari ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ayni paytda o‘yinlar yuqori kayfiyat, murosasiz va shiddatli kurashlar ostida davom etmoqda. Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan fakultet jamoalari final bosqichida o‘zaro kuch sinashadi.


Ulashish:
841
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.