Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/10/2021
Chop etish
“Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Insoniyat taraqqiyotning yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolayapti.

Bugungi kunda dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan ana shunday masalalardan biri giyohvandlik balosidir. Bejiz unga asr vabosi, umr zavoli, ajal to‘ri, deb ta’rif berishmaydi. Ushbu xatar gepatit, VICh/OITS, sil, tanosil hamda ruhiy kasalliklar, qing‘ir ishlar sodir etilishiga sabab bo‘ladi, mamlakatning moddiy-texnik, intellektual salohiyatini pasaytiradi.

Ayni chog‘da mamlakatimizda  bir qator huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida aholi, ayniqsa, ota-onalar, yoshlar o‘rtasida keng miqyosli amaliy, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayapti. Qolaversa, ta’lim muassasalarida davra suhbatlari, seminarlar, uchrashuvlar o‘tkazish an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Jizzax davlat pedagogika isntituti Madaniyat saroyida talaba yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” va “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusidagi seminar ana shu an’ananing davomi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

 

Tadbirda  professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar bilan bir qatorda  Jizzax viloyati hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari, OITS markazi hamda Narkologiya shifokorlari shtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar  masalalari va ma’naviy-ma’rifiy  ishlash bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov ochib berib, giyohvandlik va uning ayanchli oqibatlari, bu to‘rga adashib ilinib qolishdan doimo ogoh bo‘lish zarurligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Shuningdek,  tadbirda  so‘zga chiqqanlar giyohvandlik oqibatida, yakuni o‘lim bilan tugaydigan kasalliklar,  narkomaniyaning yoshlar hayotiga xavf solishiga qarshi kurashish, bu ishga barchani jalb etish, «Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” kabi shiorni barchaning hayotida ajralmas qismiga aylantirishda keng ko‘lamli ishlarni davom  ettirish va yanada rivojlantirish uchun  ma’sul ekanligimizni ta’kidlab o‘tdilar.

 

— Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, organizmda unga qarshi immunitet hocil qilinishi darkor, — deydi  Yoshlar  masalalari va ma’naviy-ma’rifiy  ishlash bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov — Demak, giyohvandlikka qarshi kurashish, aholi, ayniqsa, yoshlarni bu balodan asrash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish muhimdir. Ushbu tadbir ham ana shu maqsadga qaratilgan. Unda sohada olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berilib, mavzuga doir hujjatli film namoyish etildi.

 


Ulashish:
2 061
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.