Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2026
Chop etish
Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Unda 25 ta davlatdan 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etmoqda. Anjumanni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib, ishtirokchilarni qutladi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng tadbir professor Azamat Akbarov moderatorligida davom etdi hamda ishtirokchilarga konferensiyaning mazmun-mohiyati va ilmiy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning tabrigi onlayn tarzda namoyish etildi.


Ulashish:
453
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.