Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
18/04/2026
Chop etish
“Yashil sayyora uchun” rasmlar tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Ta’lim muassasamizda Yoshlar ittifoqi yetakchilari tashabbusi bilan “Yashil sayyora uchun” mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etilib, unda talabalar tabiatga mehr, ekologik madaniyat va atrof-muhitni asrash g‘oyalarini ijodiy ishlarida yorqin aks ettirdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin Go‘zal Asatullayeva (Fizika va texnologik ta’lim fakulteti), 2-o‘rin Marjona Bosimova (Fizika va texnologik ta’lim fakulteti), 3-o‘rin esa Ruxshona A‘zamovaga (Tabiiy fanlar fakulteti) nasib etdi. G‘oliblar munosib taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirildi.


Ulashish:
236
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.