Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/07/2024
Chop etish
“Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlari forumida Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan bir necha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Joriy yil 16-17 iyul kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlari forumi tashkil etildi. Ushbu forumda JDPU rektori ham ishtirok etmoqda. Forumda “Ta’limni boshqarish sifatini oshirish”, “Tibbiy ta’lim sohadagi yangi texnologiyalar”, “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt: oliy ta’limni ishlab chiqarish transformatsiyasi” mavzularidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolandi. Ana shunday o‘zaro hamkorlik shartnomalaridan biriJizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov hamda Qirg‘iziston davlatining B.Sidikov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti rektori A.A.Mamasidikov o‘rtasida imzolandi.


Ulashish:
937
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.