Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/02/2026
Chop etish
Zominga sayohatlar davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari Zomindagi sayohatlardan ilhomlanmoqda.

Joriy yilning 14–15-fevral kunlari Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Zomin dam olish maskaniga uyushtirilgan sayohat nafaqat dam olish, balki ruhiy yangilanish va ilhom manbaiga aylandi.

Qishning musaffo havosi, Zomin tog‘larining salobati va tabiatning betakror go‘zalligi ishtirokchilar qalbiga iliqlik bag‘ishladi. Moviy osmon bag‘rida qad rostlagan archazorlar, musaffo havo va sokin muhit har bir insonga hayot zavqini yanada chuqurroq his etish imkoinni berdi.

Sayohat davomida universitet xodimlari hududdagi sog‘lomlashtirish maskanlari va diqqatga sazovor tarixiy joylar bilan yaqindan tanishdilar. Birgalikdagi suhbatlar, sayrlar jamoa birligini yanada mustahkamladi.

Bu sayohat har bir ishtirokchi uchun kuch, tetiklik va ijodiy ruh bag‘ishladi. Tabiat qo‘ynida o‘tgan ikki kun ular qalbida unutilmas xotiralar sifatida muhrlandi. Eng muhimi, safar jamoaga yangicha g‘oyalar, yuqori motivatsiya va kelgusi faoliyat uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, universitetdagi barcha professor-o‘qituvchilar to‘liq dam olib qaytmaguncha Zominga sayohatlar va dam olishlar davom ettiriladi.


Ulashish:
1 471
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.